O'FF rahbariyati bugun Chig'atoydagi O'FF terma jamoalar markazi sport-kompleksida O'zbekiston U19 terma jamoasi a'zolari bilan uchrashdi.
Futbolchilarga safar oldidan omad tilar ekan, tarixning eng kuchli futbolchilaridan biri To'lagan Isoqov jamoa a'zolari agar bir tanu bir jon bo'lib harakat qilsa, katta g'alabalarga erishish mumkinligini alohida urg'uladi. Sizlarning yoshingizda men asosiy tarkibda futbol o'ynaganimni yaxshi eslayman, - deydi Isoqov. Mana sizlar ham bugungi kunga kelib Oliy va birinchi liga klublarining asosiy tarkibida o'ynash uchun harakat qilib kelasiz. Osiyo chempionatidagi yorqin o'yin va ajoyib natija sizni mana shu maqsadingizga yanada yaqinlashtiradi. Qolaversa, o'zbek futboli ishqibozlari bugun sizlardan kamida jahon chempionati yo'llanmasini kutishyapti. Aynan ular uchun ham bugun siz maydonga chiqqanda boringizni berib kurashish va yorug' yuz bilan O'zbekistonga qaytib kelishishingiz kerak, - deya ta'kidladi Isoqov.
Amaldagi chempioni Janubiy Koreya bo'lgan (finalda Iroqni penaltilar bo'yicha yutgan) Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi V guruhida Avstraliya, BAA va Indoneziya bilan bellashadi. Chorak finalda esa O'zbekiston terma jamoasining guruhidan chiqqan ikki jamoa “A” guruhining ikki jamoasi, bular Myanma, Eron, Tailand va Yaman terma jamoalari orasidan bo'ladi, bilan yarim final yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.
O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatidagi kurashini 10 oktyabr kuni Indoneziyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Keyingi ikki o'yinlar oralig'i 2 kunni tashkil qiladi: 12 oktyabrda BAA va oktyabrning 14-sanasida Avstraliya bilan.
Sizning ortingizda 30 millionlik o'zbek xalqi turibdi, - deydi O'zbekiston Futbol Federatsiyasi birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev. Biz bu yerda har qancha gapirsak ham barcha masalani siz maydonda hal qilasiz. Shuning uchun o'yinga chiqqanda ortingizdan siz bilan birga qayg'urayotgan har bir o'zbekistonlik vatandoshlarimizni unutmaysiz deb ishonaman - deydi Rahmatullaev.
Uchrashuvda so'zga chiqqanlar O'zbekiston terma jamoasiga Myanmadagi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, minimum vazifa - Jahon chempionatiga chiqish yo'lida omad yor bo'lishini tiladilar.