

Ertalab saytimizda 25 avgust kuni Toshkentda Qirg'iziston milliy terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazilishi haqida xabar bergan edik. O'zbekiston futbol Federatsiyasi matbuot xizmati Qirg'iziston futbol Federatsiyasi bilan muzokara olib borilayotganini tasdiqladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston 31 avgust kuni Xitoy mehmoni bo'ladi va 5 sentyabr kuni Janubiy Koreya bilan Toshkentda o'ynaydi.




