O'FA Futbolni rivojlantirish boshqarmasi vakillari Xorazm va Qoraqalpog'iston Respublikasida bo'lishdi

Narzulla Saydullayev
7 may 2018, 11:22
O'FA qoshida tashkil qilingan yangi "Futbolni rivojlantirish" boshqarmasining asosiy vazifasi, hududlardagi bolalar futbolini oyoqqa turg'azish va ularni professional ishlashlari borasida chora tadbirlarni ishlab chiqish.

Shuning uchun bo'lim avvalo hududlardagi bolalar futboliga yaratilgan sharoitlar va u yerdagi federatsiyalarni ishlari bilan yaqindan tanishib chiqishi lozim edi. Dastlabki qadam vodiyga tashlanganidan xabaringiz bor, kuni kecha bo'lim vakillari Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bo'lib u yerdagi holat bilan yaqindan tanishdilar.

Xorazm viloyatida faoliyat olib borayotgan mahalliy federatsiya bolalar futboli uchun turnirlarni hududiy qismlarda o'tkazadigan bo'ldilar. Urganch va uning atrofidagi jamoalarning ko'pligi u yerda qiyinchiliksiz ish boshlash imkoniyatini beradi. Qolaversa, sport qo'mitasi vakillari ham Prezident farmonini bajarish bo'yicha mahalliy federatsiyaga yordam berishlarini aytib o'tdilar.

Qoraqalpog'iston Respublikasidagi asosiy muammolardan biri hududlarni BO'SMlar bilan cheklanayotganligi bu esa raqobat uchun kam. Shuning uchun bu yerda sentyabr oyida oliy talim vazirligi bilan tuzilgan memorandum asosida maktablar o'rtasida birinchilikni yo'lga qo'yish borasida bir to'xtamga kelindi. Shu bilan bir qatorda Qoraqalpog'iston Respublikasida bolalar klublari sonini oshirish bo'yicha ham chora-tadbirlar ishlab chiqishi borasida kelishib olindi.

Futbolni rivojlantirish boshqarmasining keyingi safari 8-10 may kunlari Navoi va Buxoro viloyatlariga amalga oshiriladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com