

O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekovga Eronning yana bir klubi – "Traktor" ham qiziqish bildirdi. Eron matbuoti tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, Tabriz shahrining mashhur jamoasi "Bunyodkor" klubiga rasmiy xat yuborib, 29 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish niyatida ekanini ma'lum qilgan.
Avvalroq Hamrobekovga Tehronning "Istiqlol" klubi ham jiddiy qiziqish bildirgan edi. Shunday qilib, futbolchi uchun Eronning ikki yetakchi klubi o'rtasida raqobat yuzaga kelmoqda.
Odil Hamrobekov joriy mavsum Superliga birinchi davrasida "Bunyodkor" safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi va jamoasining yetakchisiga aylandi.



