Odil Hamrobekov: "Qancha futbolchi ketsa ham "Nasaf" o'z uslubidan voz kechmaydi"

Tolibjon Qosimov
6 apr 2019, 18:16
Kecha Superliga 3-turi doirasida "Paxtakor" jamoasi "Nasaf"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi Odil Hamrobekovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Qiziqarli o'yin bo'ldi. "Nasaf" munosib qarshilik ko'rsatdi. 

"Nasaf" tarkibidagi yoshlarning kelajagi bor. O'zingiz ko'rib turibsiz, tajribali murabbiy qo'l ostida shug'ullanishmoqda. Jamoadan qancha futbolchi ketsa ham "Nasaf" o'z uslubidan voz kechmaydi", - deydi Odil Hamrobekov.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia