

“Milan”ga qarshi o'yinganda sabr qilish, ko'p ter to'kish kerak, bugun munosib natijaga erishdik. “San-Siro”dagi durang – bu yaxshi.
Menga Italiya yoqadi, bu yerda qolishni istayman. Hozir “Salernitana”ga A Seriyadagi o'rnini saqlab qolishi uchun borimni berishga harakat qilaman.
Meksika terma jamoasidagi kelajagim? Keyingi mundialga ham borishni istayman. Oltita jahon chempionatida qatnashgan birinchi futbolchiga aylanishni xohlardim”, deydi Ochoa.


