OCHL. "Paxtakor" va "Nasaf"ning guruh o'yinlari taqvimi (to'liq)

Tolibjon Qosimov
6 apr 2022, 07:29
Ertaga, 7 aprel kuni Osiyo Chempionlar ligasi G'arb mintaqasida guruh bellashuvlariga start beriladi.

Guruh bahslari markazlashgan tarzda Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. Bu yil OCHLda mamlakatimiz sharafini amaladgi chempion "Paxtakor" hamda O'zbekiston kubogi sohibi "Nasaf" ishtirok etadi. Har ikkala klubimiz ham 4 aprel sanasida charter reys bilan Saudiyaga yetib kelishgan. "Sherlar" o'z o'yinlarini Burayda shahrida, "ajdarlar" esa Dammam shahrida o'tkazishadi.

VIDEO  "Nasaf" va "Paxtakor" Saudiya Arabistoniga yetib bordi. Aliqulov va Mozgovoyni samolyotda "urishdi"


"Paxtakor" OCHL-2022dagi yurishini Eron chempionatida ayni paytda 3-pog'onada borayotgan "Sepaxon"ga qarshi bahs bilan boshlasa, "Nasaf"ning guruhdagi ilk raqibi esa Qatar chempioni "Al Sadd" bo'ladi.

Quyida esa klublarimiz joy olgan guruhlarning taqvimini to'liq keltirib o'tamiz. Zero, o'yinlar qachon va qayerda degan mazmundagi savollar ko'p yangrayapti.

"D" va "E" guruhlari taqvimi

"D" guruhi

"Al Duhayl" (Qatar)

"Al Taavon" (Saudiya Arabistoni)

"Paxtakor" (O'zbekiston)

"Sepaxon" (Eron)

1-tur, 07.04.2022

"King Abdullah Sports City stadium"

22:15. "Paxtakor" - "Sepaxon"

01:15. "Al Duhayl" - "Al Taavon" (Toshkent vaqti bilan 8 aprelga o'tgan bo'ladi)

2-tur, 10.04.2022

"King Abdullah Sports City stadium"

22:15. "Sepaxon" - "Al Duhayl"

01:15. "Al Taavon" - "Paxtakor"

3-tur, 14.04.2022

"King Abdullah Sports City stadium"

22:15. "Al Duhayl" - "Paxtakor"

01:15. "Al Taavon" - "Sepaxon"

4-tur, 18.04.2022

"King Abdullah Sports City stadium"

22:15. "Paxtakor" - "Al Duhayl"

01:15. "Sepaxon" - "Al Taavon"

5-tur, 22.04.2022

"King Abdullah Sports City stadium"

22:15. "Sepaxon" - "Paxtakor"

01:15. "Al Taavon" - "Al Duhayl"

6-tur, 26.04.2022

"King Abdullah Sports City stadium"

22:15. "Al Duhayl" - "Sepaxon"

01:15. "Paxtakor" - "Al Taavon"


"E" guruhi

"Al Faysali" (Saudiya Arabistoni)

"Al Sadd" (Qatar)

"Al Vihdat" (Iordaniya)

"Nasaf" (O'zbekiston)

1-tur, 08.04.2022

"Prince Mohamed Bin Fahd stadium", Dammam

22:15. "Al Sadd" - "Nasaf"

01:15. "Al Vihdat" - "Al Faysali" (Toshkent vaqti bilan 9 aprelga o'tgan bo'ladi)

2-tur, 11.04.2022

"Prince Mohamed Bin Fahd stadium"

22:15. "Nasaf" - "Al Vihdat"

01:15. "Al Faysali" - "Al Sadd"

3-tur, 15.04.2022

"Prince Mohamed Bin Fahd stadium"

22:15. "Al Sadd" - "Al Vihdat"

01:15. "Nasaf" - "Al Faysali"

4-tur, 19.04.2022

"Prince Mohamed Bin Fahd stadium"

22:15. "Al Vihdat" - "Al Sadd"

01:15. "Al Faysali" - "Nasaf"

5-tur, 23.04.2022

"Prince Mohamed Bin Fahd stadium"

22:15. "Nasaf" - "Al Sadd"

01:15. "Al Faysali" - "Al Vihdat"

6-tur, 27.04.2022

"Prince Mohamed Bin Fahd stadium"

22:15. "Al Vihdat" - "Nasaf"

01:15. "Al Sadd" - "Al Faysali"


FOTO  Bu safar darvozabonlar "kaltaklandi". "Nasaf"ning Saudiyadagi dastlabki mashg'ulotidan GALEREYA


Barcha o'yinlar Toshkent vaqti bilan keltirilgan. Soat 01:15da boshlanadigan uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan keyingi kunga o'tar kechasi bo'ladi.





O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia