

Qarshi shahri klubi futbolchilarining Saudiya Arabistoniga yetib borish jarayoni championat.asia jurnalisti Tolibjon Qosimov obektiviga muhrlandi. Qayd etish kerak, samolyotda Dammamga borish chog'ida futbolchilar Husniddin Aliqulov hamda Akmal Mozgovoy "koridor"dan o'tdi. Ular yaqindagina tug'ilgan kunini nishonlagandi.
8 aprel kuni ilk o'yinini o'tkazadigan qarshiliklar Dammamdagi "Mercure" mehmonxonasiga joylashdi.



