OCHL. "Nasaf" guruhidagi ikkinchi o'yinda ham mezbonlar g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
3 okt 2023, 00:55
OCHLning "B" guruhida 2-tur o'yinlari o'tkazildi.

"Nasaf" o'z uyida Qatarning "Al Sadd" klubini 3:1 hisobida taslim etib, guruhdagi ikkinchi g'alabasini tantana qildi.


Qarshiliklar guruhidan o'rin olgan qolgan ikki jamoa - "Sharja" hamda "Al Faysali" o'rtasidagi bahs BAA klubining kichik (1:0) hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi.


Shunday qilib, "B" guruhida 2-turdan so'ng "Nasaf" 6 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, 1ta durang va 1ta g'alabaga erishgan "Sharja" 4 ochko bilan 2-pog'onani egallab turibdi.


OCHL GURUH JADVALI

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia