OCHL. "Lokomotiv" futbolchisi 5-tur ramziy terma jamoasidan joy oldi

Aslanov Jasurbek
5 apr 2018, 17:24
Dushanba, seshanba va chorshanba kunlari Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Turnirning "Tvitter"dagi sahifasi turning ramziy terma jamoasini e'lon qildi. Unda "Lokomotiv" yarim himoyachisi Sanjar Shoahmedov ham bor. Shoahmedov "Al-Vahda"ga qarshi OCHL 5-tur bahsida gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.

"Lokomotiv" o'rin olgan "B" guruhi turnir jadvali bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/TheAFCCL