OCHL. Bugun "Paxtakor" Qatar jamoasiga qarshi o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
14 apr 2022, 07:35
Bugun Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Osiyo chempionlar ligasining 3-turi doirasida o'yin o'tkazadi.

Ushbu bahsda O'zbekistonning amaldagi chempionlariga Qatarning "Al Duhayl" jamoasi raqiblik qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:15da boshlanadi. 

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" birinchi turda "Sepaxon"ga 1:3 hisobida yutqazgan, ikkinchi turda esa "Al Tavon"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan. 

"Al Duhayl" ham guruhda hozircha bitta g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia