OCHL. "Al Jaish" - "Al Fath" 2:0, "Bunyodkor"ning ahvoli og'ir

Narzulla Saydullayev
2 apr 2014, 09:04
Kecha OCHL 4-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
O'zbekiston chempioni Toshkentning "Bunyodkor" Eronda "Fulad"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lganidan xabaringiz bor.

Guruhdagi ikkinchi o'yinda "Al Jaish" o'z uyida "Al Fath"ni 2:0 hisobida taslim qildi.

Shunday qilib, 5-turdan oldin "Al Jaish" va "Fulad" hisobida 8tadan ochko mavjud .

Keyngi turda bu klublar o'zaro to'qnash kelishadi. O'sha o'yinda durang qayd etilsa ikkala jamoa keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishadi.

"Bunyodkor" guruhdan chiqishi o'z qo'lida emas. Jamoa qolgan ikki o'yinni yutishi shart, "Al Jaish" oxirgi ikki turni yutqazishi shart. Agar bu shartlar bajarilsa "Bunyodkor"da ham "Jaish"da ham 8tadan ochko bo'ladi. O'zaro o'yinlarga ko'ra "qaldirg'ochlar" ustun bo'lishlari uchun so'nggi turda safarda aynan shu jamoani 2 to'p farqi bilan mag'lub etishi kerak.

Xullas, "qaldirg'ochlar" o'z tarixlarida birinchi bor guruhdan chiqish vazifasini bajara olmaydilar shekilli.

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NO
1Al Jaish
42204 - 138
2Fulad42203 - 128
3Bunyodkor40222 - 4-22
4Al Fath
40220 - 3-32


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia