OCHL. "Al Shabab" murabbiyi: "Bizda imkoniyat yuqori"

Narzulla Saydullayev
22 avg 2013, 12:05
Saudiyaning "Al Shabab" klubi safarda Yaponiyaning "Kashiva Reysol" jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Bu o'yinda braziliyalik Fernando Menegazzoning 44-daqiqada urgan goli saudiyaliklarga qo'l keldi.

Endi ular javob bahsi oldidan yaxshi imkoniyatga egalar. "Al Shabab"ning belgiyalik bosh murabbiyi Mishel Pryudommning o'yindan keyingi fikrlari quyidagicha bo'ldi:
 
"Biz mayning oxiridan beri rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etmayotgandik. Shunga qaramay, safarda yaxshi to'p surdik. To'g'ri, o'yinning boshini yaxshi boshlamadik, ammo keyin hammasi biz xohlagandek tus oldi. Bu o'yingacha bir nechta nazorat bahslarini o'tkazdik, lekin rasmiy uchrashuvda nimalar ro'y berishini hech kim bilmaydi. Men jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyimizga rahmat aytmoqchiman, u futbolchilarni kuchli tayyorlay olibdi.  Biz hali yo'lning yarmida turibmiz. Ammo javob bahsini o'z maydonimizda o'tkazishimizni hisobga olsak, bizda imkoniyat yuqori".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-afc.com