OCHL-2013. "Guanchjou" va "Seul" finalda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
2 okt 2013, 23:08
Bugun Osiyo chempionlar ligasida finalchilar aniqlandi.
Yarim finalning dastlabki uchrashuvlarida g'olib chiqqan klublar bugungi javob o'yinlaridan so'ng finalga yo'l olishdi. 

Xitoyning "Guanchjou" klubi o'tgan hafta "Kashiva Reysol" maydonidagi bahsda 4:1 hisobida zafar quchgandi. Bugun bo'lib o'tgan o'yinda esa Marchello Lippi shogirdlari 4:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Ikkinchi juftlikda esa Janubiy KOreyaning "Seul" klubi bugun "Istiqlol" bilan durang o'ynadi - 2:2. Dastlabki o'yindagi koreyslarning 2:0 hisobidagi g'alabasi "Seul"ni finalga olib chiqdi.

Final ikkita o'yindan iborat bo'ladi. Dastlabki o'yin "Seul" maydonida (25 yoki 26 oktyabr) bo'lib o'tsa, ikkinchi final Xitoyda (8 yoki 9 noyabr) tashkil etiladi.


OCHL-2013
Yarim final javob uchrashuvlari
"Guanchjou" - "Kashiva Reysol" 4:0
Gollar:
Elkeson 16, D.Konka 57, Muriqui 79, 88.
Birinchi uchrashuv: 4:1.

"Istiqlol" - "Seul" 2:2
Gollar:
Jey Lloyd Samuel 50, Muhammad Gazi 75 - Xa Dae-Sung 37, Kim Jin-Kyu 80 penalti.
Birinchi uchrashuv: 0:2

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia