OCHL 2. Ertaga "Nasaf" "qizil" rangli liboslarda o'ynaydi, "Al Hussein" futbolchilari - "sariq"

Omonjon To`xtamirzayev
22 okt 2024, 19:43
Ertaga, 23 oktyabr, Osiyo Chempionlar ligasi-2 doirasida "Nasaf" safarda "Al Hussein"ga qarshi to'p tepadi.

Bugun Iordaniya poytaxti Amman shahrida joylashgan "Landmark" mehmonxonasida "Al Hussein" - "Nasaf" uchrashuvidan oldin ikkala jamoa vakillari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda ertangi bellashuvga oid tashkiliy masalalar va yangi musobaqadagi o'zgarishlar bilan har ikkala jamoa rasmiylari tanishtirildi.

Ertangi bellashuvda “Nasaf” to'liq qizil rangli sport formalarida, mezbonlar "Al Hussein" esa sariq va qora rangli liboslardan foydalanishi kelishib olindi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати