“Obod” tarkibida yosh futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
26 dek 2016, 16:59
Kuni kecha Toshkentning “Obod” jamoasi o'z bazasida yangi mavsum uchun tayyorgarlik ko'rmoqda.

Kuniga ikki mahal mashg'ulot o'tkazayotgan “Obod” ertalab jismoniy holatga e'tibor qaratayotgan bo'lsa kechgi payt to'plar bilan ishlamoqda. Takidlash kerakki, jamoada bir qator yangi yosh futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda. Xususan birinchi liga a'zosi “Nbu-Osiyo” klubida harakat qilgan Abbos Po'latov va Mirshohid Olimov “Obod” mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda. Biroz betob bo'lib qolgani sababli Shohruz Norxonov va Anvar Rahimov kechagi mashg'ulotda ishtirok eta olishmadi. Ushbu ikki futbolchi navbatdagi mashg'ulotda ishtirok etishi kutilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia