

“Obod” jamoasi 9 aprel kuni joriy mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazayotgan Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv soat 16:00da poytaxtimizdagi “JAR” stadionida boshlanadi.
O'zbekiston professional futbol ligasi bugun 4-tur o'yinlariga tayinlangan hakamlar ro'yxatini e'lon qildi. Unga ko'ra “Obod” – “Qizilqum” uchrashuvini millatimiz faxri, FIFA referisi, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Ravshan Ermatov boshqaradi. Unga qanotlarda doimiy sheriklari Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Zahira hakami sifatida R.Lutfulin qayd etilgan. Nazoratchi hakam – Radik Serazetdinov.
“Obod” – “Qizilqum” jamoalarining o'rinbosarlari o'rtasidagi yoshlar ligasi o'yiniga 8 aprel kuni “Obod” stadionida soat 16:00da start beriladi.
Eslatma: “Obod” – “Qizilqum” jamoalari uchrashuviga kirish bepul.
4-tur. 9 aprel
Obod (Toshkent) – Qizilqum (Navoiy)
Hakamlar: R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, R.Lutfulin (barchasi Toshkent shahridan)
Nazoratchi hakam: R.Serazetdinov (Toshkent)


