Oblak 9ta seyv ijro etdi va "Atletiko"ni keyingi bosqichga olib chiqdi. Adrianni esa antiqahramon sifatida eslab qolishadi

Aslanov Jasurbek
12 mar 2020, 13:10
Yan Oblak "Enfild"da yorqin o'yin ko'rsatdi - "Atletiko" sloveniyaliksiz ekstra-taymlarga yetib bora olmagan bo'lardi.

- Oblak 9ta seyv ijro etdi - bu joriy mavsum Chempionlar ligasida darvozabonlar qayd etgan eng yaxshi natija. 6ta seyv jarima maydonchasi tashqarisidan berilgan zarbalardan so'ng ijro etildi. Shu bilan birga Yan "Atletiko"dagi o'zining rekordini takrorladi: 2017 yil "Selta"ga qarshi bahsda, 2016 yil "Bavariya"ga qarshi yarim finalda darvozabon shuncha seyv ijro etgan.


- Sloveniyalik butun o'yin davomida tempni tushurmadi - "Liverpul" 120 daqiqa ichida darvoza tomon 34ta zarba berdi va bir marta to'sinni nishonga oldi.


- Bundan tashqari, Oblak to'pga chiqishda bor-yo'g'i bir marta adashdi (ikkinchi bo'limda bosim ostida to'pni qo'lidan chiqarib yubordi), to'rtta vaziyatda esa maksimal darajada ishonchli o'ynadi.


- Adrianda esa hammasi quvonarli emas - ispaniyalik birinchi bo'limda o'zini ko'rsatmadi, ammo ikkinchi taymda to'pni raqibga topshirib, gol o'tkazib yubrishiga bir bahya qoldi. O'sha vaziyatda darvozabonning omadi keldi, kiper to'pga raqibidan oldinroq yetib keldi.


- Asosiy voqea esktra taymda sodir bo'ldi - "Liverpul" 2:0 hisobida g'alaba qozonayotgan vaqtda Adrian o'z jarima maydonchasi oldida to'pni raqibga tashlab berdi. Bu uning "Liverpul"dagi birinchi "golli pasi" emas, to'rtinchisi.


- Chempionlar ligasida darvozabonlar borasida "Liverpul"ning omadi kelmayapti: 2017/18 mavsumdan boshlab kiperlar to'rtta qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi: 3tasi Loris Kariusdan, yana bittasi Adrian hisobida. Boshqa hech bir jamoa darvozabonlari bu vaqt ichida buncha ko'p xato qilishmagan.


- "Liverpul"ning yagona ishonchli darvozaboni - Alisson. U jarohat tufayli "Atletiko" bilan o'ynamadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru