Obameyyang "Arsenal" uchun tibbiy ko'rikdan o'tmoqda

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2018, 14:59
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyyang "Arsenal"ga o'tishga yaqin.

Kecha futbolchi Germaniyani tark etib, Londonga uchib ketgan edi. Ayni daqiqalarda gabonlik forvard "to'pchilar" uchun tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.

Oldinroq, "Arsenal" "Borussiya" bilan futbolchining transferi haqida kelishib olishgan edi. "To'pchilar" 63 mln. evro evaziga gabonlikni xarid qiladi. Transfer haqida bugun e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports