Obameyangning agenti: “Napoli”ga o'tish imkoniyati bor edi, biroq Benites Kalexonni sotib olishni istadi”

Narzulla Saydullayev
18 sen 2013, 13:06
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyangning agenti Oskar Damiani, mijozining “Napoli”ga o'ta olmaganligi to'g'risida fikr bildirib o'tdi.

“Napoli” haqatdan ham Obameyangni sotib olishni istayotgan edi.


Per-Emerik klub rahbariyati tomonidan tuzilgan futbolchilar ro'yxatining o'ng yuqori pag'onasida turgan edi.

Biroq jamoaga Rafael Benites bosh murabbiy bo'lganidan so'ng, Kalexon klubning asosiy transfer maqsadiga aylandi. Nima ham qilardik, futbolda bunday holatlar bo'lib turadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru