"Nyukasl"ga "Liverpul" yarim himoyachisi kerak

Alisher
1 yanv 2020, 18:47
"Nyukasl" "Liverpul" xavbeki Adam Lallana bilan shartnoma imzolamoqchi.

Xabarlarga qaraganda, o'yinchining xizmatlariga "Nyukasl" ustozi Stiv Bryus qiziqish bildirmoqda.

Yozda Lallana va "Liverpul" o'rtasidagi shartnoma o'z yakuniga etadi. Shu sabab ushbu transfer "Nyukasl" uchun arzonroqqa tushishi mumkin.

Lallana joriy mavsum "Liverpul" safida 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assistga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: telegraph.co.uk