
Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g'oyani rivojlantirish, manaviyatimizni tiklash, o'zligimizni anglash yo'lida katta hissa qo'shgan, yorqin istedodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona-yurtga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida sog'lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir qator yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlanishdi. Ular orasida futbol sohasiga hissa qo'shib kelayotgan mutaxassislarimiz ham bor:
O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi unvoniga futbol bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Musaev Ahmadjon Rasulevich va futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Nuraliev Dilshod Jo'raevich sazovor bo'lishdi.
"Do'stlik" ordeni bilan futbol bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi Evstafeev Aleksey Vladimirovich va futbol bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi texnik direktori Rustam Akramov taqdirlandilar.
Biz saytimiz muxlislari va xodimlari nomidan yuqorida nomlari keltirilgan mutaxassislarni yuksak mukofotlar bilan tabriklab qolamiz!