Yaqinda jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan mahalliy murabbiy Nozim Mullaoxunov bilan Andijonda uchrashib u kishidan intervyu oldik.
- Jamoani qabul qilib olganimga hech qancha bo'lmadi. Shunga qaramay, tayyorgarlikni kuchaytirdik. Kun-ora sinov-nazorat bahslarini tashkil etib, tarkibni shakllantirib bormoqdamiz deya gap boshladi Mullaoxunov. O'zingizga yaxshi ma'lumki, bungacha "Andijon" yoshlar jamoasini boshqarib kelayotgandim. Aytish mumkinki, oliy liga bilan birinchi ligani o'rtasida saviya katta. Intizom bor joyda, natija bo'ladi. Shu bois yangi klubda avvalo tartib-intizomni birinchi o'ringa qo'yganmiz. Qo'l ostimizdagi yigitlarning barchasi asosan mahalliy yoshlardir. Shuningdek Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchilariga ham imkoniyat beryapmiz. Hozir ularning nimalarga qodir ekanligini amalda ko'zdan kechirib chiqmoqdamiz.
- Chempionat startiga qadar futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga e'tibor qaratgan xolda, bu borada jiddiy ishlashimiz kerak bo'ladi. Shuningdek sinov-nazorat o'yinlari orqali jamoaviy o'yinni shakllantirishga ham alohida e'tibor qaratmoqdamiz. Nazarimda yigitlar o'yindan-o'yinga bir-birlarini tushunib bormoqda.
- Rejaga ko'ra 7 mart kuni Toshkentda futbolchilarni Futbol-MED ko'rigidan o'tkazamiz. Keyin esa 8-10-12 mart kunlari o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etishni o'ylab turibmiz. Poytaxtda jami 3ta o'yin o'tkazib, so'ngra Andijonga qaytamiz. Shundan so'ng tayyorgarlikni o'z qarorgohimizda olib boramiz.
- Bizga yaratib berilayotgan sharoitlarga keladigan bo'lsak, bu borada nolimaymiz. Klubimiz rahbariyati imkon qadar sharoitlarni muhayyo etib kelmoqda. Fursatdan foydalanib rahbariyatga buning uchun minnatdorchilik bildirib qolaman.
- Joriy mavsum jamoamiz yangitdan shakllanayotgan bo'lishiga qaramay, o'z oldimizga birinchi bosqichda kuchli sakkizlikka kirishni maqsad qilib qo'yganmiz. Umid qilamanki bunga erisha olamiz.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.