

Hamyurtimiz Oston O'runov mazkur bahsni asosiy tarkibda boshlagan edi. Biroq, navoiylik futbolchiga o'yinni yakunlab qo'yish nasib qilmadi. U jarohatlangani tufayli 20-daqiqada zaxiraga olindi. Ostonning o'rnini Timur Jamelitdinov egalladi.
Eslatib o'tamiz, O'runov O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibiga nomzod futbolchilar sirasiga kiradi. Milliy jamoamiz iyun oyida 2022 yilgi mundial saralash bosqichida ishtirok etishi kerak..



