

"The Sun" xabariga ko'ra, "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Metti Kesh "Everton" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. 22 yoshli angliyalik futbolchiga Karlo Anchelottining shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda.
"Transfermarkt" portali ma'lumotlariga qaraganda, Keshning transfer bahosi 4.4 million dollarga teng.
Ma'lumot uchun, Chempionshipning joriy mavsumida 29 o'yinda maydonga tushgan futbolchi 2 gol, 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.



