No'mon Hasanov: “Raqib bir kishi kam bo'lishiga qaramay, g'alaba qozona olmadik”

Narzulla Saydullayev
10 may 2018, 21:14
“Qo'qon-1912” - “Neftchi” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumaning ikkinchi qismida jamoamiz ustozi No'mon Hasanov hamda “Qo'qon-1912” klubi yetakchi a'zosi Javohir Sidiqovlar qatnashishdi.

No'mon Hasanov: - Bugun bolalarda charchoq alomatli sezildi. Raqib bir kishi kam bo'lishiga qaramay, g'alaba qozona olmadik. “Neftchi” jamoasini bir ochko bilan tabriklayman. Gol urgach, tezda raqib hisobni tenglashtirdi. Bu qaysidir manoda rejalarimizni buzib yubordi.

Javohir Sidiqov: “Neftchi” futbolchilari himoyada yaxshi to'p surishdi. Ularning yo'qotadigan narsasi yo'q edi. Shuning uchun bosimsiz o'ynashdi. Biz esa har doim g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Bugun vaziyatlardan foydalana olmadik. Keyingi o'yinlarda muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz