

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, No'mon Nurmatovich poytaxtliklar bilan xayrlashgan. Murabbiylik faoliyatini "Paxtakor"-2 jamoasida boshlab, keyinchalik asosiy tarkibga o'tgan mutaxassis, 2015 yil O'zbekiston chempioni unvonini qo'lga kiritgan edi.
"Neftchi" bilan o'yindan so'ng o'z istagi bilan ariza yozgan qo'qonlik mutaxassisga, "Qo'qon-1912" rahbariyati og'iz solgan. Katta extimol bilan, keyingi turda "Qo'qon-1912" jamoasini aynan Hasanov bosh murabbiy sifatida maydonga olib chiqadi.


