Noyer: "YCHLning yarim finalida oson o'yinlar bo'lmaydi"

Aziz Tukhtamuradov
25 apr 2015
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer Chempionlar Ligasi yarim finali uchun tashlangan qur'adan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Shubhasiz, bizga qiyin bo'ladi. Umuman, yarim finalda oson o'yinlar bo'lmaydi. Biz 2013 yilda yarim finalda "Barselona" ustidan ishonchli g'alabaga erishgandik. Biroq, bu ayni paytda hech narsani bildirmaydi. O'sha paytdan beri ikkala jamoada ham o'zgarishlar yuz berdi.

Finalga chiqish uchun ikkala o'yinda ham eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishimiz lozim", * deydi darvozabon.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru