Nihoyat! O'zbekiston MTJning noyabr oyidagi yig'inga jalb etilgan futbolchilari ro'yxati ma'lum!

Sherzod Nurmatov
11 noya 2023, 18:38
O'FA matbuot xizmati Srechko Katanets yig'inga chaqirgan futbolchilar ro'yxatini ochiqladi.

Srechko Katanets tomonidan O'zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi yig'ini va JCH-2026 saralash bahslari doirasidagi Turkmaniston hamda Eron terma jamoalariga qarshi o'yinlarga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar - Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev (OKMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor").

Himoyachilar - Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Umar Eshmurodov ("Nasaf"), Abdulla Abdullaev ("Xor Fakkan", BAA), Sherzod Nassrullaev ("Nasaf"), Abduqodir Husanov ("Lans", Fransiya).

Yarim himoyachilar - Odil Hamrobekov ("Paxtakor"), Aziz G'aniev ("Shabab Al Ahli", BAA), Otabek Shukurov ("Fotih Karagyumruk", Turkiya), Aziz Turg'unboev ("Paxtakor"), Abbos Fayzullaev (SSKA, Rossiya), Jamshid Iskanderov ("Navbahor"), Jaloliddin Masharipov ("Panserraikos", Gretsiya), Oston O'runov ("Navbahor"), Hojimat Erkinov ("Paxtakor").

Hujumchilar - Eldor Shomurodov ("Kalyari", Italiya), Igor Sergeev ("Patum Yunayted", Tailand), Bobir Abdixoliqov ("Ordabasi", Qozog'iston)


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати