

"Blumberg" nashri ma'lumotlariga ko'ra, Dangotening boyligi deyarli 11 mlrd. dollarni tashkil qiladi.
Aslida Aliko 2010 yilda "Arsenal" egasiga aylanmoqchi bo'lgan, ammo uning harakatlari besamar ketdi.
Dangote ingliz klubini xarid qilish rejasini oshkor qildi:
"Pul borasida muammo yo'q. Uch-to'rt yil ichida buni amalga oshirishim mumkin. Asosiy muammo raqiblar. Men bu borada birinchi bo'lib ishga kirishishim kerak. Endi bor e'tiborimni shunga qarataman" - deydi Dangote.
Ayni damda "Arsenal"ning eng ko'p akciyalari amerikalik Sten Kronkega tegishli (67%). Alisher Usmonov va Farhod Moshiri "to'pchilar"ning 30% akciyalariga egalik qiladi.
