Nigeriyalik futbolchilar Fransiya ustidan g'alaba qozonilgan taqdirda 12,5 ming dollardan mukofot puli olishadi

Aziz Tukhtamuradov
28 iyun 2014, 17:12
Nigeriya prezidenti Jonatan Gudlak terma jamoa futbolchilariga JCH yakunlanganidan so'ng mukofot puli berishga vada berdi.

Gudlak mukofot olmasdan turib, mashg'ulot o'tkazishni istamagan futbolchilarni tinchlantirishga harakat qilgan.

Nigeriyalik futbolchilarga Eron bilan o'yindagi durang uchun 5 ming, Bosniya ustidan qozonilgan g'alaba uchun 10 ming dollar berilishi lozim. 

Bundan tashqari futbolchilar Fransiya ustidan g'alaba qozonilgan taqdirda 12,5 ming dollardan mukofot puli olishadi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru