Neymarning shartnomasi avtomatik tarzda uzaytiriladi, u Parijdan ketishni istamayapti

Aziz Tukhtamuradov
23 iyun 2022, 07:28
PSJ hujumchisi Neymarning klub bilan shartnomasi avtomatik tarzda 2027 yilgacha uzaytiriladi.

Futbolchi va klub o'rtasidagi shartnomada mana shunday band bor - u 1 iyul kuni faollashtiriladi. 

2021 yilda PSJ Neymar bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytirgandi. Keyin ushbu kelishuv 1 iyulda avtomatik tarzda 2026 yilgacha uzaytirilgan. 2022 yilning 1 iyulida esa shartnoma 2027 yilning yoziga qadar cho'zilishi bo'yicha kelishuvga erishilgan. 

"Neymar PSJ loyihasiga qiziqadi va unga o'z hissasini qo'shishni istaydi. U ketmoqchi emas", - dedi uning yaqin qarindoshlaridan biri. 

Avvalroq, PSJning qatarlik xo'jayinlari Neymarni sotmoqchi ekanliklari haqida xabarlar tarqalgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: L’Equipe