Neymar Messi haqidagi savolga javob berdi

Omonjon To`xtamirzayev
4 iyun 2024, 19:11
"Al Hilol" hujumchisi Neymar "Inter Mayami" vakili Lionel Messi haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq har ikki futbolchi birgalikda PSJ va "Barselona" safida to'p tepishgan.

"Biz bir-birimizdan uzoqdamiz, lekin hali ham muntazam ravishda gaplashib turamiz.

Bir-birimiz uchun xursandmiz. Titullar haqida gapirsam, u chempionlikni qo'lga kiritganimiz bilan meni tabrikladi.

U shunchaki ajoyib yigit, men uchun chinakam o'rnak, haqiqiy kumir. Kumirim bo'lishi bilan birgalikda u mening do'stim ham".

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal