Neymar Fransiya chempionatining ramziy jamoasiga kira olmadi

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2021, 20:28
Liga 1 rahbariyati 2020/21 yilgi mavsumning ramziy jamoasini e'lon qildi.

Ramziy jamoa muxlislar ovoz berish natijalariga ko'ra tuzilgan, ushbu tarkibda PSJ hujumchisi Neymarga joy topilmadi.


Darvozabon: Mayk Menyan (Lill);

Himoyachilar: Jonatan Klaus (Lans), Markinos (PSJ), Joze Fonte (Lill), Reynildu Mandava (Lill);

Yarim himoyachilar: Lukas Paketa (Lion), Benjamen Andre (Lill), Orelen Tchuameni (Monako);

Hujumchilar: Memfis Depay (Lion), Burak Yilmaz (Lill), Kilian Mbappe (PSJ).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/ligue1ubereats