Neymar bu mavsum maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
6 mar 2023, 22:15
PSJ hujumchisi Neymar o'ng oyog'idagi jarohat tufayli joriy mavsum boshqa maydonga tushmasligi ma'lum bo'ldi.

Klubning ma'lum qilishicha, jamoa tibbiy shtabi ekspertlar bilan maslahatlashib, braziliyalikni operaciya qilishni taklif berishdi.

Jarrohlik amaliyoti yaqin kunlarda Dohada bo'lib o'tadi. Neymarning maydonga qaytishi uchun 3 yoki 4 oy kerak bo'ladi.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsum Liga 1ning 20ta uchrashuvida maydonga tushib, 13ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: psg.fr