

Kataloniya klubi 24 yoshli futbolchi bilan 2021 yilga qadar shartnomani uzaytirdi.
Barselonadagi faoliyati davomida Neymar 149ta o'yinda 90ta gol urdi va 9ta sovrin yutdi: Ispaniya chempioni (ikki bor), Qirol kubogi (ikki bor), Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, Ispaniya Superkubogi (ikki bor) va klublar o'rtasidagi Jahon chempionati.



