Nevill Sancho haqida: "Agar ehtiyot bo'lmasa, u van de Bekga o'xshab qoladi"

Aslanov Jasurbek
1 noya 2021, 00:42
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Gari Nevill yarim himoyachi Jeydon Sanchoning istiqboli haqida fikr bildirdi.

Angliyalik futbolchi yozda Dortmundning "Borussiya"sidan "Manchester Yunayted"ga o'tgandi, biroq u jamoada o'z o'rnini topa olmayapti va hali birorta gol ura olmadi. 21 yoshli yarim himoyachi so'nggi ikki o'yinni zaxirada o'tkazdi.

"Bilasizmi, o'ynamaydigan va zaxira o'rindig'ida o'tiradigan Donni van de Bek haqida biror nima deya olmayman. Ehtiyot bo'lmasa, Sancho ham xuddi shunday holatga tushib qoladi.

U dahshatli o'yinlarda ishtirok etdi.

Sancho o'yin uslubi nemis klubidan butkul farq qiladigan jamoaga qo'shildi, "Borussiya"da jamoaviy o'yin kuchli edi.

"Manchester Yunayted"ga kelgach, u shunday deb o'ylayotgan bo'lishi mumkin: "Men bu yerda nima qilyapman? Hech qanday tashkilot yoki tuzilma yo'q", – dedi Nevill.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun