Nesterovning yangi jamoasi yirik hisobda yutqazdi

28 yanv 2019, 23:06
Ignatiy Nesterov Caudiya Arabistoni chempionatida ishtirok etayotgan "Uhud" klubi bilan shartnoma imzolaganidan xabaringiz bor.

Bugun uning yangi jamoasi milliy chempionatda "Al Nasr" uyida mehmon bo'ldi va yirik hisobda (0:4) mag'lubiyatga uchradi. Nesterov o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.

Saudiya Arabistoni chempionatida "Uhud" 17ta turdan keyin eng so'nggi pog'onada bormoqda. Ushbu mavsumda 6 ochko to'plagan klubning to'plar nisbati qoniqarli darajada emas  - 9:36.

Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvali

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia