

Dekabr oyida 24 yoshli futbolchi bilan ishlaydigan agentlik o'yinchi Bundesligada yana bir yil qolishga tayyorligini ma'lum qilgandi, ammo Fransiya terma jamoasi hujumchisining agenti vaziyat o'zgarishi mumkinligini aytdi.
Randalning yangi vakili "Barselona"da Usmon Dembele bilan ishlagan Mussa Sissoko bo'ldi. U Yevropaning top klublari bilan yaxshi munosabatda. "Ayntraxt" 100 mln. evrolik taklif olsa futbolchini sotishga katta ehtimol bilan rozi bo'ladi
Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" va "Liverpul" yozda Kolo-Muani bo'yicha taklif yuborishadi.
Bundan tashqari PSJ va "Real" ham hujumni ushbu futbolchi bilan kuchaytirish haqida o'ylamoqda.
Kolo-Muani joriy mavsum gol+pas tizimida 26 ochko (14+12) yig'di.


