Kolo-Muani "Tottenxem"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
2 sen 2025
Randal Kolo-Muani 2025/26 mavsumni APLda o'tkazadi.

"Tottenxem" hujumchini PSJdan ijaraga olganini e'lon qildi. Francuz londonliklar safida 39-raqam ostida o'ynaydi.

Parijliklar Randalning ijarasi uchun "shporlar"dan 5 million evro oladi.

Kolo-Muani o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Yuventus"da o'tkazdi va A Seriyada 16 o'yinda 8 gol urdi.

Qayd etish kerakki, "Yuventus" bir necha oy davomida "Pari Sen-Jermen" bilan fransiyalikni xarid qilish bo'yicha muzokaralar olib bordi, lekin kelishuvga erisha olmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com