"Neftchi": Turkiya kundaligi (ettinchi kun)

22 fev 2014, 07:50
Bugun nazorat uchrashuvi borligi sabab futbolchilar mashg'ulot o'tkazishmadi.
Ertalab jamoa safiga yangi futbolchi kelib qo'shildi. Aniqrog'i, gruziyalik futbolchi Livani Gvazava ko'rikdan o'tish uchun keldi. Bu futbolchi bir paytda terma jamoamiz ustozi Mirjalol Qosimov bilan birga “Alaniya”da to'p surgan. Umuman Gvazava faoliyat davomida bir qator taniqli jamoalar sharafini himoya qilgan. Agar u o'zini ko'rsata olsa, faoliyatni “Neftchi”da davom ettirishi mumkin.
 
Bizning ma'lumot:
To'liq ismi: Levani Tengizovich Gvazava
Tug'ilgan sana: 8 iyul 1980 yil
Bo'yi: 177 sm
Vazni: 73 kg
Ampluasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari:
1996-1999  Kolxeti (Xobi)  82 (8)
2000-2003  Zimbru  87 (11)
2004-2005  Alaniya  23 (1)
2005-2006  Dinamo (Batumi)  7 (0)
2006-2007  Spartak-Nalchik  22 (1)
2007-2008  Luch-Energiya36 (4)
2009-2012  Terek60 (2)
2012-  Ximki  10 (1)
Erishgan yutuqlari:
Moldava chempioni: 1999/00.
Moldava kubogi sohibi: 2002/03.
 
Yana mag'lubiyat
Nihoyat, mahalliy vaqt bilan soat 17:30 (Toshkent vaqti bilan 20:30)da Sankt Peterburgning “Dinamo” jamoasiga qarshi o'yin boshlandi. Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida o'tdi. Ammo bo'lim o'rtalariga kelib mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi.
Ikkinchi taymda tashabbus ko'proq “Neftchi” tomonidan bo'ldi. Vakillarimizda gol urish uchun imkoniyatlar vujudga keldi. Lekin ulardan foydalana  olmaslik oqibatida yana mag'lubiyatga uchradik. O'yinda “Dinamo” 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Nazorat uchrashuvi
“Dinamo SPb) – “Neftchi” 1:0 (1:0)
“Neftchi”: G'ayrat Hasanov, Aleksandr Kleckov, Iqbol Boboxonov, Vyacheslav Ponamaryov, Umid Qodirov, Otabek Zokirov, Jahongir Jiyamurodov, Javohir Rasulov, Aziz Alijonov,Igor Petkovich, Otabek Isroilov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Jahongir Mehmonov, Maksimilian Fomin, Dilyorbek Ermatov, Saydullo Rahmatov, Maruf Murodov, Muzaffar Muzaffarov, Abdullox Olimov, Zohid Abdullaev, Aleksandru Onika.

Manba: fcneftchi.uz