"Neftchi" keyingi hafta vodiyning ikki klubiga qarshi o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2018, 18:03
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni doirasidan o'rin olgan dastlabki o'rtoqlik bahslarida ishtirok etadi.

Bu o'yinlar yangi haftada o'tkaziladi. Xususan 9 yanvar kuni Quvasoyning “Cementchi” jamoasi Qirgulida mehmon bo'ladi. Uchrashuv soat 11:00ga belgilandi.

Yana bir bahs 13 yanvar kuni o'tkaziladi. Shu kuni Qirgulida “Qo'qon-1912″ning yoshlar tarkibi jamoamizga raqiblik qiladi. Mazkur bellashuv esa soat 13:00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz