"Neftchi" jamoasi Toshkentda yig'in boshladi

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2016, 18:22
Farg'onalik futbolchilar 15 yanvardan boshlab tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirishini ma'lum qilamiz.

"Neftchi" vakillari 15 yanvar kuni tibbiy ko'rikdan o'tib, kunning ikkinchi qismida poytaxtdagi ilk mashg'ulotlarni boshlashdi. Soat 16:00da boshlangan mashg'ulotlarda "Neftchi"ning barcha a'zolari ishtirok etishdi. Xususan jamoamizning iqtidorli yarim himoyachisi Abbos Maxstaliev ham jamoaning bugungi mashg'ulotlarida ko'rinish berdi.

Ma'lumot o'rnida, Farg'ona klubi Toshkentdagi yig'in doirasida 4 ta nazorat o'yinida ishtirok etadi. Jamoamizning ilk raqibi "Obod" jamoasi hisoblanadi. Mazkur raqibga qarshi o'yinda 19 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz