“Neftchi”: Gvazava va Onika safga qaytdi

Narzulla Saydullayev
7 may 2014, 13:11
Qisqa muddatlik tatildan so'ng “Neftchi” a'zolari bugun yana yig'iladi.
Tushlikdan so'ng futbolchilar klub qarorgohiga yetib keladi va kechki payt mashg'ulot o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Jamoamizni navbatdagi turda “Olmaliq” bilan o'yin kutib turibdi. 16 may kuni bo'ladigan uchrashuvga murabbiylar tayyorgarlikni Farg'onada olib boradi.

Bosh murabbiy Murod Ismoilovning aytishicha, jarohati sabab ma'lum muddatga safdan chiqqan Levani Gvazava bilan Aleksandru Onika davolanishlardan so'ng yana safga qaytdi. Bugungi mashg'ulotda ushbu legionerlar umumiy guruh bilan mashg'ulot o'tkazadi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz