“Neftchi”: Bugun “Mashal”ga qarshi o'ynaymiz

Narzulla Saydullayev
23 apr 2016, 14:29
Bugun Oliy liga 6-tur doirasida Farg'onaning “Neftchi” jamoasi safarda Muborakning “Mashal” klubiga qarshi o'ynaydi.

Payshanbadan beri Qarshi shahrida bo'lib turgan vakillarimiz mazkur bellashuvga jiddiy xozirlik ko'rmoqda. Ma'lumot o'rnida, “Mashal” – “Neftchi” bahsi Muborakdagi Bahrom Vafoev stadionida soat 17:00da start oladi. “Mashal” – “Neftchi” uchrashuvi sharhini telegramdagi “Neftchi” rasmiy kanali orqali onlayn tarzda o'qib borishingiz mumkin. Buning uchun siz telegram.me/fcneftchiuz manzili bo'yicha kanalga qo'shilishingiz kerak bo'ladi.   

Eslatib o'tamiz, kecha Bahrom Haydarov bosh murabbiyligidagi yoshlarimiz “Mashal” o'rinbosarlarini 0:2 hisobida mag'lub etishdi. “Neftchi”ning gollariga Anvar Abdulhaqov hamda Xurshid Asqaralievlar mualliflik qilishdi.  

Neftchi matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia