

Shunday qilib, "Neftchi" ushbu mavsumdagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. So'nggi marta farg'onaliklar O'zbekiston chempionati doirasida 2017 yilning 19 noyabr sanasida 3 ochkoga ega chiqishgandi. O'shanda "Mashal" mag'lub etilgandi (2:1).
Oradan 256 kun (8 oy, 14 kun) o'tib "Neftchi" milliy chempionatda g'alabaga erishdi.



