Ndombele "Tottenxem"da nechinchi raqam ostida harakat qiladi?

Alisher
19 iyul 2019, 14:33
"Tottenxem" yarim himoyachisi Tangi Ndombele London klubida o'zi uchun raqam tanladi.

"Tottenxem" matbuot xizmati xabar berishicha, futbolchi yangi mavsumda 28-raqam ostida harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, Ndombelening transferi "shporlar" uchun 60 million evroga tushgan.

Tomonlar 5 yillik kelishuvga erishgan bo'lib, shartnoma bandlaridan birida uni bir yilga uzaytirish ham ko'zda tutilgan. 

Ndombele yakunlangan mavsum “Lion” safida 49 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 8ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SpursOfficial