Bu safargi yig'in davomida “Geofizika” qarorgohida istiqomat qilib, shug'ullanishadi. Poytaxtda olib boriladigan mashg'ulotlar davomida nazorat o'yinlarida maydonga tushish ham ko'zda tutilgan. Dastlabki uchrashuv 22 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Shu kuni jamoamizga Ravshan Haydarov boshchiligidagi mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi raqib bo'ladi. Keyingi uchrashuvlar haqida navbatdagi xabarlarimizda ma'lumot berib o'tamiz.
Navbatdagi yig'inda murabbiylarimiz bolgariyalik posbon Emil Mixaylov va o'zbekistonlik himoyachi Timur Kagirovlarni yana bir bor sinovdan o'tkazishadi. Agarda futbolchilar murabbiylarda yaxshi taassurot qoldirishsa, ular bilan ham shartnoma imzolanadi. Bundan tashqari yig'in davomida Moldovadan taklif etilgan Sergey Georgievning keyingi taqdiriga ham oydinlik kiritiladi. Hujumkor yarim himoyachi oldingi yig'in chog'ida bo'lib o'tgan o'yinlarda maydonga tushib, yomon taassurot qoldirmagandi. Agarda u ham ishonchni oqlaydigan bo'lsa Georgiev ham “Navbahor”ning to'laqonli a'zosiga aylanishi mumkin.
Ayni paytga kelib, klub rahbariyati jamoaga kerak bo'lgan va “Navbahor”ni kuchaytirishi mumkin bo'lgan futbolchilarning deyarli barchalari bilan shartnomalarni imzolab bo'lishgan.
Avval xabar berib o'tganimizdek, jamoamiz bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov mamlakatimiz olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Aynan shundan so'ng ko'pchilik muxlislarimizda murabbiyning “Navbahor”dagi faoliyati qanday kechadi degan savollar yuzaga keldi.
Kecha O'zbekiston futbol Federatsiyasida bo'lib o'tgan yig'ilishdan keyin Ashurmatov Namanganga kelib, klub va viloyat rahbarlari bilan uchrashdi. Mas'uliyatli lavozimda ish boshlagan Baxtiyor A'zamovich “Navbahor”ga foyda keltirish borasida ham bosh qotirayotganligini etirof etdi. Umuman olganda Ashurmatovni olimpiya terma jamoasida ish boshlashini barcha turlicha qabul qildi. Kimdir “Navbahor”ga zarar bo'lishini aytsa, qolganlar bu holatni yaxshi ekanligini bildirishdi. Murabbiy bilan Toshkentdan birga qaytayotib aksariyat muxlislarimizni bundan xursand bo'lganliklariga guvoh bo'ldik.
Murabbiy bilan telefon orqali bog'langan ayrim ishqibozlar Ashurmatovga omad tilab, “Navbahor”dagi faoliyatini davom ettirishini istayotganliklarini aytishdi. Xullas murabbiyimizga oson bo'lmagan lavozimda muvaffaqiyatli mehnat qilishni va mas'uliyatli vazifani bajarishda omad yor bo'lishini tilab qolamiz.