"Navbahor"da tezkor yig'ilish bo'lib o'tdi, unda Namangan viloyat hokimi ishtirok etdi

Nadirkhuja Yuldashev
30 okt 2018, 19:22
Namanganlik muxlislar "Paxtakor"ga qarshi o'yinda ham ko'pchilik bo'lib "Navbahor"ni qo'llab-quvvatlashadi.

Bugun Namangan viloyat hokimi Xayrulla Bozorov, Namangan shahar hokimi Shavkat Abdurazoqov hamda klub vice-prezidenti Shamshod Sarikovlar "Navbahor" futbolchilari bilan tezkor yig'ilish o'tkazishdi. Bu haqda klub muxlislarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi ma'lum qildi.

Unda bir qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, futbolchilar tomonidan muammo yo'qligi, barchasi a'lo darajada ekanligi etirof etildi. Rahbarlar esa Paxtakor bilan bo'ladigan uchrashuvda faqat va faqat g'alaba qozonish kerakligini vazifa qilib belgilashdi.

"Chempionatda hali hech narsa hal bo'lgani yo'q. Qolgan uchrashuvlarda maksimal natija qayd etib, ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. Safarda ham Navbahorning g'alabali seriyalari boshlanish vaqti kelgandur? Chunki, so'nggi paytlarda mehmondagi uchrashuvlarda ham huddi Navbahor o'z maydonida o'ynayotgandey xis qilmoqda. Demak muxlislar yolg'izlatib qo'ymaydi. Bunga javoban Navbahor safarda ham g'alabali seriyalarni boshlashi lozim! Muxlislar o'z suyuklilarini hech qachon yolg'izlatib qo'ymaydi xoh uyda, xoh safarda bo'lsin. Shunday ekan Navbahor ham, muxlislar ham aslo chekinmaydi. Men albatta ishonaman 1 noyabr kuni Paxtakor muxlislaridan Navbahor muxlislari ko'p bo'ladi", - deydi viloyat hokimi Xayrulla Bozorov.

O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: @Fkmuhlis