"Navbahor" yangi mavsumga tayyorgarlikni bosh murabbiysiz boshladi

Narzulla Saydullayev
11 dek 2019, 13:01
10 dekabrdan "Navbahor" mahalliy futbolchilar bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Ilk mashg'ulot kecha “Markaziy” o'yingohning zaxira maydonida o'tkazildi. Tayyorgarlikni “Navbahor”ning yordamchi murabbiylari - A'zam Rajabboev va Mustafo Bayramov olib borishdi.

Takidlash joizki, dastlabki mashg'ulotda mahalliy o'yinchilar bilan birgalikda rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovyov ham ishtirok etdi.

Shuningdek, tayyorgarlik jarayoni davomida namanganlik yosh hamda iqtidorli futbolchilarning ko'rikdan o'tishayotganligini ham aytish joiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz